Logo
Yuklanmoqda
Barcha tadbirlarga qaytish
Ilmiy Konferensiya

AXBOROT XATI

05.11.2026
Harbiy tibbiyot instituti
Conference Image

Konferensiya axborot xati

Tadbir qoidalari va ishtirok etish shartlari (PDF)

Yuklab olish

AXBOROT XATI

Hurmatli hamkasblar!

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti

Harbiy tibbiyot instituti Ilmiy tadqiqot markazi

Sizni Harbiy tibbiyotning dolzarbligi va muammolari” mavzusida on-line tarzda oʻtkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etadi

 

Konferensiya boʻlib oʻtadigan manzil, sana va vaqti: Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti, 2026-yil 5 noyabr soat 14:30 da (on-line va offline ).

Tashkilotchilar: Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti Ilmiy tadqiqot markazi

Konferensiya oʻtkazish tillari: oʻzbek, rus va ingliz.

Konferensiya tashkiliy qoʻmitasi tibbiyot oliy taʻlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini, QK kuch-tuzilmalari tibbiyot mutaxassislarini, MV MHKG shaxsiy tarkibini hamda ushbu mavzuga qiziqish bildirganlarni konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.

Konferensiya harbiy tibbiyotning dolzarbligi va muammolari hamda ushbu yoʻnalish istiqbollari borasida oʻzaro tajriba, gʻoya hamda fikr almashish jarayonini oʻz ichiga oladi.

Konferensiyada ishtirok etish shakllari:

1. Maʻruza bilan ishtirok etish (1-ilova boʻyicha).

2. Tezislar toʻplamiga tezis yuborish (2-ilova boʻyicha).

Tezislar 2026 yil 5 -oktabrgacha qabul qilinadi.

2026-yil 5-oktabrdan kechiktirilgan hamda konferensiya yoʻnalishlariga mos kelmagan, talab asosida taqdim etilmagan tezislar qabul qilinmaydi.

Tezis va maʻruzalarni elektron shaklda quyidagi telegramm manzilga yuboring: https://t.me/rkonferensiya2026yil

Maʻlumot uchun ishchi telefon: (+998 97) 003-23-87