Logo
Yuklanmoqda

Kafedralar

Kafedra Mudiri

Qutliyev Jamshid Amonboyevich

kafedra boshlig'i

 

 

Harbiy tibbiyot instituti Институт военной медицины Institute of Military Medicine

 

Harbiy gigiyena, epidemiologiya va bioxavfsizlik kafedrasi boshlig‘i, t/x polkovnigi,  tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.   2003 II-Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2022 yilda PhD dissertatsiyasini, 2025 yilda DSc dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar kafedra boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

KAFEDRA HAYOTI

Kafedrada harbiy gigiyena, epidemiologiya va bioxavfsizlik sohasida ta’lim jarayoni hamda  dolzarb muammolarga bag‘ishlangan amaliy tadqiqot ishlari olib boriladi. Kafedra faoliyati da tibbiy ta’minotning mavjud muammolarni o‘rganish, ilmiy asoslangan profilaktik tadbirlar ishlab chiqish, bioterrorizm va biologik avariyalar ehtimoliy tahdidlarini baholash, ularga tezkor javob qaytara oladigan samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan.

Kafedrada seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari hamda ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etiladi. Bu tadbirlar harbiy tibbiyot sohasidagi mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini oshirish va ilg‘or tajribalar almashishga imkon yaratadi.

KAFEDRANING ASOSIY VAZIFALARI

harbiy tibbiyot soxasida yuqori bilimga va yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, o‘z vataniga sadoqatli, qo‘shinlarning urush va tinchlik davridagi sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq tashkillashtirib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash;

qiyin taktik sharoitlarda tibbiyot muassasalarini boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkillashtirish, hamda qo‘shinlarning tibbiy muxofazasi masalalari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan zaxiradagi va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;

tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkillashtirish, rejali ravishda Harbiy tibbiy xodimlarning harbiy va professional tayyorgarligini oshirish, ularning o‘z mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, yangilash va tajribalarini oshirish;

kelajakda yetishib chiqayotgan ofitserlar ongida yuksak ruhiy-ma’naviy, psixologik va yo‘lboshchilik sifatlarini rivojlantirish, Ona yurtimiz va O‘zbekiston Respublikisi Qurolli Kuchlari oldidagi patriotizm va mag‘rurlik hissini yuksaltirish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi g‘oyalariga sodiqlik va har bir bo‘lajak ofitserning dunyoqarashni kengaytirishni hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;

harbiy qismlarda sanitar-gigiyenik, epidemiyaga qarshi va bioxavfsizlik tadbirlarini ta’minotni tashkillashtirish sohasida o‘quv-metodik adabiyotlar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va ko‘paytirish,  shu soha bo‘yicha harbiy-tibbiy xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

Kafedra Mudiri

Xolxodjayev Avaz Akbarovich

XOLXO’JAYEV AVAZ AKBAROVICH 

Harbiy terapiya va toksikologiya kafedrasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Xolxo’jayev Avaz Akbarovich 2010 yilda S.M.Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasining davolash fakultetini tamomlagan. 2025 yilda PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2025 yildan hozirgi vaqtga qadar kafedra boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

         

KAFEDRA HAYOTI

         Harbiy terapiya va toksikologiya kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutining kafedralaridan biri bo‘lib, o‘quv, uslubiy va ilmiy ishlar doirasidagi vazifalarni bajaradi. Kafedrada ustoz-shogird an’analari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib “Yosh harbiy kardiolog” to‘garagi tashkillashtirilgan. To‘garakka a’zo kursantlar harbiy dala terapiyasi yo‘nalishida ratsionalizatorlik takliflari ustida ish olib borishadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari kursantlar, rezerv va zahiradagi ofitserlar tayyorlash kursi kursantlariga, malaka oshirish kursi tinglovchilariga, magistrlar hamda klinik ordinatorlarga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Kafedrada Qozog‘iston Respublikasida kelgan chet el tinglovchilari ham ta’lim olishmoqda.

 

KAFEDRANING ASOSIY VAZIFALARI

         O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar uchun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

           tibbiyot sohasida tor mutaxassislarni, ilmiy-pedagogik kadrlarni hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;

           ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik va innovatsion tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy yondashuvlarni keng joriy etish;

           harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

           milliy va xorijiy yetakchi oliy, oliy harbiy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda ta’lim jarayonini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish;

           ta’lim oluvchilarni insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Kafedra Mudiri

Sodiqov Shuxrat Shokirjonovich

Kafedra rahbari

SODIQOV SHUXRAT SHOKIRJONOVICH 

Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, zaxira va rezervdagi ofitserlarni tayyorlash fakulteti boshligʻi, t/x podpolkovnigi. 2000-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. 2025-yildan hozirgi vaqtga qadar ushbu lavozimda xizmat qilib kelmoqda.

FAKULTET HAYOTI

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, zaxira va rezervdagi ofitserlarni tayyorlash fakulteti qoʻshinlardagi barcha tibbiyot xodimlari, Qurolli Kuchlardagi mavjud davolash-profilaktika muassasalari vrach va hamshiralari malakasini oshirish, tor tibbiy mutaxassisliklarni tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinma hisoblanadi.

Klinik ordinatura va harbiy internaturada tor tibbiy mutaxassisliklarni tayyorlash barobarida fakultetda qoʻshinlar uchun zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlari tayyorlanadi.

FAKULTETNING ASOSIY VAZIFALARI

taktik boʻgʻindagi tibbiy taʻminot xizmati ofitser va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari, shifokor va hamshiralarini ixtisoslashtirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

tor tibbiy mutaxassisliklar boʻyicha ofitser kadrlarni tayyorlash;

qoʻshinlar uchun zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlari tayyorlash.

Kafedra Mudiri

Shavkiyev Dilshod Pulatovich

kafedra boshlig'i
+998555060265

SHAVKIYEV DILSHOD PULATOVICH

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutining Taktik tibbiyot kafedrasi boshlig‘i, tibbiy xizmat podpolkovnigi. Shavkiyev Dilshod Pulatovich 2000 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2025 yildan xozirgi vaqtga qadar kafedra boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

 

KAFEDRA HAYOTI

Taktik tibbiyot kafedrasi Harbiy tibbiyot institutning tibbiy o‘quv mashq simulyatsiya markazi, dala o‘quv maydonlari, harbiy gospitallardagi taktik medik (paramedik)lar tayyorlash kurslari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi, barcha toifadagi tinglovchilar bilan muntazam ravishda taktik va maxsus o‘quvlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib keladi.

Taktik tibbiyot kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti tarkibiy bo‘linmasi sifatida 2025-yil sentabr oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda.

 

KAFEDRANING ASOSIY VAZIFALARI

taktik tibbiyot kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutining qo‘shinlardagi taktik tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha, barcha toifadagi kursant va tinglovchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlarini  o‘tkazish va ko‘nikmalarni rivojlantirish;

kelajakda yetishib chiqayotgan kursant va tinglovchilar ongida yuksak ruhiy-ma’naviy, psixologik va yo‘lboshchilik sifatlarini rivojlantirish, Ona yurtimiz va O‘zbekiston Respublikisi Qurolli Kuchlari oldidagi vatanparvarlik va mag‘rurlik hissini yuksaltirish, dunyoqarashni kengaytirishni hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;

harbiy-tibbiyot xizmati olib boradigan davolash-evakuatsiya bosqichlarida va kundalik xizmat sharoitlarini tashkillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borish;

qo‘shimcha kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

institut harbiy gospitallar bazalarida tinglovchilarning hammabop va sifatli birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish;

harbiy qismlarning tibbiy ta’minotni tashkillashtirish sohasida o‘quv-metodik adabiyotlar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va ko‘paytirish,  shu soha bo‘yicha Harbiy-tibbiy xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

Kafedra Mudiri

Abdusamatov Djamoliddin Muxiddinovich

kafedra boshlig'i

Jangovar jarrohlik patologiyasi kafedrasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Abdusamatov Djamoliddin Muxiddinovich 2010 yilda S.M.Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasining davolash fakultetini tamomlagan. 2025 yilda “Og‘ir yarador va jabrlangan harbiy xizmatchilarni tibbiy evakuatsiya bosqichlarida davolash - diagnostika tadbirlarini takomillashtirish” mavzusida (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020 yildan hozirgi vaqtga qadar kafedra boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

KAFEDRA HAYOTI

         Jangovar jarrohlik patologiyasi kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetini Harbiy tibbiyot institutining yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, o‘quv, uslubiy va ilmiy ishlar doirasidagi vazifalarni bajaradi. Kafedrada ustoz-shogird an’analari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib “Yosh harbiy jarroh” to‘garagi tashkillashtirilgan. To‘garakka a’zo kursantlar harbiy dala jarrohligi va xirirgiya yo‘nalishida ratsionalizatorlik takliflari ustida ish olib borishadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari kursantlar, rezerv va zahiradagi ofitserlar tayyorlash kursi kursantlariga, malaka oshirish kursi tinglovchilariga, magistrlar hamda klinik ordinatorlarga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Kafedrada Qozog‘iston Respublikasida kelgan chet el tinglovchilari ham ta’lim olishmoqda. 

         KAFEDRANING ASOSIY VAZIFALARI

         O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar uchun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

tibbiyot sohasida tor mutaxassislarni, ilmiy-pedagogik kadrlarni hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;

ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik va innovatsion tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy yondashuvlarni keng joriy etish;

harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

milliy va xorijiy yetakchi oliy, oliy harbiy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda ta’lim jarayonini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish;

ta’lim oluvchilarni insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

 

Kafedra Mudiri

Xalimov Bobokalon Xaydarkulovich

kafedra boshlig'i

Qo‘shinlar tibbiy ta’minotini tashkillashtrish kafedrasi boshlig‘i  tibbiy xizmat polkovnigi, PhD. Xalimov Bobokalon Xaydarkulovich 2000 yilda Samarqand tibbiyot institutini tamomlagan. 2025 yilda “Mudofaa vazurligi harbiy xizmatchilarini davolash-profilaktika ta’minotini takomillashtirish yo’llari mavzusidagi (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019 yildan hozirgi vatga qadar kafedra boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

KAFEDRANING HAYOTI

Qo‘shinlar tibbiy ta’minotini tashkillashtrish (QTTT) kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutining qo’shinlar tibbiy ta’minotini tashkillashtrish, tibbiyot xizmatinig tuzilishi va taktikasi yo‘nalishlari bo‘yicha, barcha toifadagi kursant, tinglovchi va talabalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazuvchi eng asosiy yetakchi kafedrasi hisoblanadi. Bundan tashqari kafedra dala o’quv maydonlarida barcha toifadagi tinglovchilar bilan muntazam ravishda taktik va maxsus o‘quvlar va mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.

KAFEDRANING ASOSIY VAZIFALARI

harbiy tibbiyot soxasida yuqori bilimga va yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, o‘z vataniga sadoqatli, qo‘shinlarning urush va tinchlik davrida qo’shinlar tibbiy ta’minotini tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq tashkillashtirib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash;

harbiy-tibbiyot xizmati olib boradigan davolash-evakuatsiya bosqichlarida va kundalik xizmat sharoitlarida davolash-profilaktik, tashkilotchilik va boshqaruv yo’nlaishlari borasida ilmiy izlanishlar olib borish.

harbiy qismlarda davolash-profilaktik tadbirlarini ta’minotni tashkillashtirish sohasida o‘quv-metodik adabiyotlar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va ko‘paytirish,  shu soha bo‘yicha harbiy-tibbiy xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

mavjud bo‘lgan o‘quv-ilmiy, moddiy ta’minot bazalarini rivojlantirish va har tomonlama kuchaytirish, tibbiy xizmat ofitserlarini sifatli tayyorlash pog‘onalari mobaynida o‘quv jarayonini zamonaviy texnik vositalar bilan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borishni yo‘lga qo‘yish  ;

Harbiy-tibbiyot xizmati olib boradigan davolash-evakuatsiya bosqichlarida va kundalik xizmat sharoitlarida qo’shinlar tibbiy ta’minoti tadbirlarini tashkillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borish.