Logo
Yuklanmoqda

JANGOVAR JARROHLIK PATOLOGIYASI KAFEDRASI

Kafedra rasm

Kafedra haqida umumiy ma'lumot

Jangovar jarrohlik patologiyasi kafedrasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Abdusamatov Djamoliddin Muxiddinovich 2010 yilda S.M.Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasining davolash fakultetini tamomlagan. 2025 yilda “Og‘ir yarador va jabrlangan harbiy xizmatchilarni tibbiy evakuatsiya bosqichlarida davolash - diagnostika tadbirlarini takomillashtirish” mavzusida (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020 yildan hozirgi vaqtga qadar kafedra boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

KAFEDRA HAYOTI

         Jangovar jarrohlik patologiyasi kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetini Harbiy tibbiyot institutining yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, o‘quv, uslubiy va ilmiy ishlar doirasidagi vazifalarni bajaradi. Kafedrada ustoz-shogird an’analari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib “Yosh harbiy jarroh” to‘garagi tashkillashtirilgan. To‘garakka a’zo kursantlar harbiy dala jarrohligi va xirirgiya yo‘nalishida ratsionalizatorlik takliflari ustida ish olib borishadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari kursantlar, rezerv va zahiradagi ofitserlar tayyorlash kursi kursantlariga, malaka oshirish kursi tinglovchilariga, magistrlar hamda klinik ordinatorlarga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Kafedrada Qozog‘iston Respublikasida kelgan chet el tinglovchilari ham ta’lim olishmoqda. 

         KAFEDRANING ASOSIY VAZIFALARI

         O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar uchun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

tibbiyot sohasida tor mutaxassislarni, ilmiy-pedagogik kadrlarni hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;

ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik va innovatsion tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy yondashuvlarni keng joriy etish;

harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

milliy va xorijiy yetakchi oliy, oliy harbiy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda ta’lim jarayonini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish;

ta’lim oluvchilarni insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.