
SODIQOV SHUXRAT SHOKIRJONOVICH
Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, zaxira va rezervdagi ofitserlarni tayyorlash fakulteti boshligʻi, t/x podpolkovnigi. 2000-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. 2025-yildan hozirgi vaqtga qadar ushbu lavozimda xizmat qilib kelmoqda.
FAKULTET HAYOTI
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, zaxira va rezervdagi ofitserlarni tayyorlash fakulteti qoʻshinlardagi barcha tibbiyot xodimlari, Qurolli Kuchlardagi mavjud davolash-profilaktika muassasalari vrach va hamshiralari malakasini oshirish, tor tibbiy mutaxassisliklarni tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinma hisoblanadi.
Klinik ordinatura va harbiy internaturada tor tibbiy mutaxassisliklarni tayyorlash barobarida fakultetda qoʻshinlar uchun zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlari tayyorlanadi.
FAKULTETNING ASOSIY VAZIFALARI
taktik boʻgʻindagi tibbiy taʻminot xizmati ofitser va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari, shifokor va hamshiralarini ixtisoslashtirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
tor tibbiy mutaxassisliklar boʻyicha ofitser kadrlarni tayyorlash;
qoʻshinlar uchun zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlari tayyorlash.