BURANKULOVA NIGORA MIXAYLOVNA
Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazi boshlig‘i, t/x podpolkovnigi, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 2009 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutini tugatib, 2011 yilda “Sud-tibbiyoti” ihtisosligi bo‘yicha magistraturani bitirgan. 2022 yilda PhD dissertatsiyasini, 2025 yilda DSc dissertatsiyasini himoya qilgan. 2024 yildan hozirgi vaqtga qadar markaz boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
ILMIY TADQIQOT MARKAZI HAYOTI
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti Ilmiy tadqiqot markazi Harbiy tibbiyot bo‘yicha ilmiy faoliyatni amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Markazning maqsadi Harbiy tibbiyotning dolzarb muammolari hamda biologik xavfsizlik bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish va tashkillashtirish, harbiy tibbiyotning dolzarb muammolarini yechishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Ilmiy tadqiqot markazida ilmiy, ta’limiy va amaliy faoliyat o‘zaro uyg‘unlashgan holda 2021 yilda tashkil etilgan. Markazda harbiy tibbiyot va biologik xavfsizlik sohasida dolzarb muammolarga bag‘ishlangan fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi. Hamda faoliyat taktik bo‘g‘indagi tibbiy ta’minotning mavjud muammolarni o‘rganish, ilmiy asoslangan diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiyaga qaratilgan ikki maqsadli ishlanmalar, jihozlar, dasturiy ta’minot va usullarni ishlab chiqish, bioterrorizm va biologik avariyalar ehtimoliy tahdidlarini baholash, ularga tezkor javob qaytara oladigan samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan.
Markazda ilmiy seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, malaka oshirish kurslari hamda ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etiladi. Bu tadbirlar harbiy tibbiyot sohasidagi mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini oshirish va ilg‘or tajribalar almashishga imkon yaratadi.
Markaz jamoasi harbiy tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish va biologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish ustida tizimli ish olib bormoqda.

MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI:
taktik bo‘g‘indagi tibbiy ta’minotning mavjud muammolarni o‘rganish, ularni yechimiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
ilmiy asoslangan diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiyaga qaratilgan ikki maqsadli ishlanmalar, jihozlar, dasturiy ta’minot va usullarni ishlab chiqish;
bioterrorizm va biologik avariyalar ehtimoliy tahdidlarini baholash, ularga tezkor javob qaytara oladigan samarali tizimni shakllantirish.