O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 22- oktabrdagi “Harbiy tibbiyot sohasidagi kadrlarni tayyorlashning sifat jihatdan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4870-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 29 iyuldagi 235m-sonli qaroriga asosan Qurolli Kuchlar akademiyasi isloh qilinib, uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etildi. Bu o’quv maskani Toshkent shahrida joylashgan. Mudofaa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalari – 5 ta institut, shu jumladan Harbiy tibbiyot akademiyasi ham Harbiy Tibbiyot Instituti nomi bilan mazkur universitet tarkibiga o‘tkazildi. Bu markazlashgan vertikal tizimni hosil qilib, qo‘shinlarning jangovar salohiyatini oshirish, dual ta’limni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
