SHAVKIYEV DILSHOD PULATOVICH
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutining Taktik tibbiyot kafedrasi boshlig‘i, tibbiy xizmat podpolkovnigi. Shavkiyev Dilshod Pulatovich 2000 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2025 yildan xozirgi vaqtga qadar kafedra boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
KAFEDRA HAYOTI
Taktik tibbiyot kafedrasi Harbiy tibbiyot institutning tibbiy o‘quv mashq simulyatsiya markazi, dala o‘quv maydonlari, harbiy gospitallardagi taktik medik (paramedik)lar tayyorlash kurslari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi, barcha toifadagi tinglovchilar bilan muntazam ravishda taktik va maxsus o‘quvlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib keladi.
Taktik tibbiyot kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti tarkibiy bo‘linmasi sifatida 2025-yil sentabr oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda.
KAFEDRANING ASOSIY VAZIFALARI
taktik tibbiyot kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutining qo‘shinlardagi taktik tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha, barcha toifadagi kursant va tinglovchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va ko‘nikmalarni rivojlantirish;
kelajakda yetishib chiqayotgan kursant va tinglovchilar ongida yuksak ruhiy-ma’naviy, psixologik va yo‘lboshchilik sifatlarini rivojlantirish, Ona yurtimiz va O‘zbekiston Respublikisi Qurolli Kuchlari oldidagi vatanparvarlik va mag‘rurlik hissini yuksaltirish, dunyoqarashni kengaytirishni hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;
harbiy-tibbiyot xizmati olib boradigan davolash-evakuatsiya bosqichlarida va kundalik xizmat sharoitlarini tashkillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borish;
qo‘shimcha kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
institut harbiy gospitallar bazalarida tinglovchilarning hammabop va sifatli birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish;
harbiy qismlarning tibbiy ta’minotni tashkillashtirish sohasida o‘quv-metodik adabiyotlar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va ko‘paytirish, shu soha bo‘yicha Harbiy-tibbiy xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.