Logo
Yuklanmoqda

QO‘SHINLAR TIBBIY TA’MINOTINI TASHKILLASHTRISH KAFEDRASI

Kafedra rasm

Kafedra haqida umumiy ma'lumot

Qo‘shinlar tibbiy ta’minotini tashkillashtrish kafedrasi boshlig‘i  tibbiy xizmat polkovnigi, PhD. Xalimov Bobokalon Xaydarkulovich 2000 yilda Samarqand tibbiyot institutini tamomlagan. 2025 yilda “Mudofaa vazurligi harbiy xizmatchilarini davolash-profilaktika ta’minotini takomillashtirish yo’llari mavzusidagi (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019 yildan hozirgi vatga qadar kafedra boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

KAFEDRANING HAYOTI

Qo‘shinlar tibbiy ta’minotini tashkillashtrish (QTTT) kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutining qo’shinlar tibbiy ta’minotini tashkillashtrish, tibbiyot xizmatinig tuzilishi va taktikasi yo‘nalishlari bo‘yicha, barcha toifadagi kursant, tinglovchi va talabalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazuvchi eng asosiy yetakchi kafedrasi hisoblanadi. Bundan tashqari kafedra dala o’quv maydonlarida barcha toifadagi tinglovchilar bilan muntazam ravishda taktik va maxsus o‘quvlar va mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.

KAFEDRANING ASOSIY VAZIFALARI

harbiy tibbiyot soxasida yuqori bilimga va yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, o‘z vataniga sadoqatli, qo‘shinlarning urush va tinchlik davrida qo’shinlar tibbiy ta’minotini tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq tashkillashtirib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash;

harbiy-tibbiyot xizmati olib boradigan davolash-evakuatsiya bosqichlarida va kundalik xizmat sharoitlarida davolash-profilaktik, tashkilotchilik va boshqaruv yo’nlaishlari borasida ilmiy izlanishlar olib borish.

harbiy qismlarda davolash-profilaktik tadbirlarini ta’minotni tashkillashtirish sohasida o‘quv-metodik adabiyotlar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va ko‘paytirish,  shu soha bo‘yicha harbiy-tibbiy xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

mavjud bo‘lgan o‘quv-ilmiy, moddiy ta’minot bazalarini rivojlantirish va har tomonlama kuchaytirish, tibbiy xizmat ofitserlarini sifatli tayyorlash pog‘onalari mobaynida o‘quv jarayonini zamonaviy texnik vositalar bilan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borishni yo‘lga qo‘yish  ;

Harbiy-tibbiyot xizmati olib boradigan davolash-evakuatsiya bosqichlarida va kundalik xizmat sharoitlarida qo’shinlar tibbiy ta’minoti tadbirlarini tashkillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borish.