Logo
Yuklanmoqda

HARBIY GIGIYENA, EPIDEMIOLOGIYA VA BIOXAVFSIZLIK KAFEDRASI

Kafedra rasm

Kafedra haqida umumiy ma'lumot

 

 

Harbiy tibbiyot instituti Институт военной медицины Institute of Military Medicine

 

Harbiy gigiyena, epidemiologiya va bioxavfsizlik kafedrasi boshlig‘i, t/x polkovnigi,  tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.   2003 II-Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2022 yilda PhD dissertatsiyasini, 2025 yilda DSc dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar kafedra boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

KAFEDRA HAYOTI

Kafedrada harbiy gigiyena, epidemiologiya va bioxavfsizlik sohasida ta’lim jarayoni hamda  dolzarb muammolarga bag‘ishlangan amaliy tadqiqot ishlari olib boriladi. Kafedra faoliyati da tibbiy ta’minotning mavjud muammolarni o‘rganish, ilmiy asoslangan profilaktik tadbirlar ishlab chiqish, bioterrorizm va biologik avariyalar ehtimoliy tahdidlarini baholash, ularga tezkor javob qaytara oladigan samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan.

Kafedrada seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari hamda ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etiladi. Bu tadbirlar harbiy tibbiyot sohasidagi mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini oshirish va ilg‘or tajribalar almashishga imkon yaratadi.

KAFEDRANING ASOSIY VAZIFALARI

harbiy tibbiyot soxasida yuqori bilimga va yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, o‘z vataniga sadoqatli, qo‘shinlarning urush va tinchlik davridagi sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq tashkillashtirib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash;

qiyin taktik sharoitlarda tibbiyot muassasalarini boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkillashtirish, hamda qo‘shinlarning tibbiy muxofazasi masalalari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan zaxiradagi va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;

tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkillashtirish, rejali ravishda Harbiy tibbiy xodimlarning harbiy va professional tayyorgarligini oshirish, ularning o‘z mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, yangilash va tajribalarini oshirish;

kelajakda yetishib chiqayotgan ofitserlar ongida yuksak ruhiy-ma’naviy, psixologik va yo‘lboshchilik sifatlarini rivojlantirish, Ona yurtimiz va O‘zbekiston Respublikisi Qurolli Kuchlari oldidagi patriotizm va mag‘rurlik hissini yuksaltirish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi g‘oyalariga sodiqlik va har bir bo‘lajak ofitserning dunyoqarashni kengaytirishni hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;

harbiy qismlarda sanitar-gigiyenik, epidemiyaga qarshi va bioxavfsizlik tadbirlarini ta’minotni tashkillashtirish sohasida o‘quv-metodik adabiyotlar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va ko‘paytirish,  shu soha bo‘yicha harbiy-tibbiy xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.