Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni

07.03.2026
11:06
News Image

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar hamda xotin-qizlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ilm-fan, tibbiyot hamda harbiy sohalardagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
So‘zga chiqqanlar ayollarni bahorning eng go‘zal ayyomi bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat hamda mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.
Bayram tadbiri davomida institutda samarali xizmat qilayotgan bir guruh xotin-qizlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.