Harbiy tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi
2026-yil 30-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida “Falokatlar tibbiyoti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Mazkur konferensiyada Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari o’zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.
Jumladan, tibbiy xizmat podpolkovnigi Abdusamatov Djamoliddin Muxiddinovich tomonidan “Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni tibbiy saralash asoslari” mavzusida ma’ruza taqdim etildi.
Ma’ruzada favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatishni tashkil etish, jabrlanganlarni tibbiy saralashning asosiy tamoyillari, ularning holatiga qarab tibbiy yordam ko’rsatish ustuvorligini belgilash hamda tibbiy evakuatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Konferensiya harbiy va fuqaro muhofazasi tibbiyoti sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilmiy-amaliy tajriba almashish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tibbiy xizmat faoliyatini takomillashtirish bo’yicha o’zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim ilmiy muloqot maydoni bo’ldi.
Harbiy tibbiyot instituti professor-o’qituvchilarining bunday ilmiy-amaliy tadbirlardagi ishtiroki harbiy tibbiyot sohasidagi ilmiy salohiyatni oshirish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish hamda malakali harbiy tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qiladi.