Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish
2026-yil 25-oktyabr kuni bakalavriat kursantlari, taktik-medik (paramedik) hamda Harbiy-kasbiy tayyorgarlik kursi tinglovchilari ishtirokida kompleks-o‘quv o‘tkazildi.

2026-yil 25-oktyabr kuni bakalavriat kursantlari, taktik-medik (paramedik) hamda Harbiy-kasbiy tayyorgarlik kursi tinglovchilari ishtirokida kompleks-o‘quv o‘tkazildi.

09.11.2026
08:00
News Image

Tibbiy o‘quv-mashq simulyatsiya markazi asosiy maqsadi tinglovchilarni, har qanday sharoitda yordamga muhtoj bo‘lganlarga hayotni saqlab qoluvchi, tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ta’minlash bo‘lib, kundalik faoliyatda uchraydigan shoshilinch holatlarda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar hayotini qo‘llab-quvvatlab turish ko‘nikmalarini shakllantirish vazifasini bajarishni ta’minlaydi.

2026-yil 25-oktyabr kuni bakalavriat kursantlari, taktik-medik (paramedik) hamda Harbiy-kasbiy tayyorgarlik kursi tinglovchilari ishtirokida kompleks-o‘quv o‘tkazildi. Ushbu o‘quv davomida TCCC dasturi bo‘yicha taktik (qizil, sariq, yashil) hududlarda yordam ko‘rsatishning Role-1 (jang maydonida) va Role-2 (tibbiyot punktida) doirasidagi tadbirlar algoritmi, yaradorlarning ommaviy kelib tushishida brigada tibbiyot xizmati boshlig‘ining qarori, tibbiyot punktida triage (saralash), damage-control (hayotiy muhim organlar faoliyatini stabillash va nazorat qilish), birlamchi xirurgik va terapevtik yordam, yaradorlarni evakuatsiya qilish kabi vazifalar hamkorlikda amalga oshirildi.

Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda axborot-kommunikatsiya vositalari, tabelli tibbiy-mol mulklar, (shu jumladan, mulyaj, maneken, robot, fantomlar) komplektlar, tibbiy asbob-uskunalardan foydalangan holda nazariy bilimlarni amaliy bajarishga e’tibor qaratiladi.