Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish

malaka oshirish kurslarining bitiruv marosimi

28.02.2026
11:10
News Image

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Tibbiyot institutida ham malaka oshirish kurslarining bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Tibbiyot institutida kuch tuzilmalaridan bo‘lgan tibbiyot xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi. 216 soatlik o‘quv dasturlari asosida tinglovchilarYuqumli kasalliklar, Shoshilinch tibbiy yordam, Terapiyada hamshiralik ishi, Sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasi laboranti mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.
Kurslar yakunida ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tamomlagan tibbiyot xodimlariga belgilangan tartibda sertifikatlar topshirildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari harbiy tibbiyot sohasida mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.