Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish

Harbiy tibbiyot institutida “MILLAT FIDOYILARI” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

20.02.2026
10:50
News Image

O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutida MILLAT FIDOYILARI nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

“Millat fidoyilari” asari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tayyorlangan bo‘lib, unda yurt himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan 23 nafar askar va ofitser haqida hikoya qilinadi. Kitob-albomda yurt qahramonlarining bolaligi, xizmat yo‘li, jasorati va xotirasini abadiylashtirishga xizmat qiladigan xotira lavhalari o‘rin olgan.  

Harbiy tibbiyot institutida Vatanimiz mustaqilligi, tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasiga bag‘ishlangan “Millat fidoyilari” nomli kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Karshiyev Hamdam Alikulovich, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Xasanov Otabek Abdurashidovich, keng jamoatchilik vakillari, mustaqillik yillarida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari, ularning turmush o‘rtoqlari hamda farzandlari ishshtirok etib, tadbir ishtirokchilariga Vatan himoyasi va mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida jon fido qilgan bahodir o‘g‘lonlarning hayoti va matonati haqida so‘zlab berildi. Bu asar yoshlarda Vatanga muhabbat, jasorat va mas’uliyat tuyg‘ularini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.