Hashar
Yurt obodonligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Hashar davomida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda kursantlar hududni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, daraxt va gul ko‘chatlari ekdilar. Shuningdek, yo‘llar, piyodalar yo‘laklari hamda ariq-zovurlar tozalanib, hudud yanada tartibli va ko‘rkam holga keltirildi.
Mazkur tashabbus jamoa birdamligini mustahkamlab, yurtimiz obodligi va ko‘kalamzorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.