Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish
Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi mutaxassislari bilan muloqot

Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi mutaxassislari bilan muloqot

03.09.2026
04:54
News Image

Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi mutaxassislari bilan muloqot


O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti boshlig‘i tibbiy xizmat polkovnigi U. Rasulov hamda kafedra boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi mutaxassislari bilan muloqot o‘tkazilib, Harbiy tibbiyot instituti va kutubxona o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, harbiy tibbiyot sohasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy axborot-resurslari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida harbiy tibbiyotga oid ilmiy, o‘quv va uslubiy adabiyotlar fondini shakllantirish va boyitish, elektron ilmiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, harbiy tibbiyot yo‘nalishida elektron ma’lumotlar bazasini yaratish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari uchun axborot-bibliografik xizmatlarni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Harbiy tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, kursantlari, internlari va ilmiy izlanuvchilarining zamonaviy mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy maqolalar, bitiruv-malakaviy ishlari, dissertatsiyalar va boshqa ilmiy ishlarni tayyorlashda axborot-bibliografik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Kelgusida «Harbiy tibbiyot» yo‘nalishida alohida elektron adabiyotlar to‘plamini shakllantirish, harbiy jarrohlik, taktik tibbiyot, travmatologiya, anesteziologiya va reanimatologiya, shoshilinch tibbiy yordam hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha tematik ilmiy adabiyotlar bazasini yaratish, yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari va bibliografik sharhlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida tomonlar ta’lim, ilm-fan va axborot-kutubxona faoliyati yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy axborot almashinuvini kuchaytirish hamda kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Mazkur tashrif va muloqot Harbiy tibbiyot institutining ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy axborot resurslari bilan ta’minlash, harbiy tibbiyot sohasida ilmiy salohiyatni oshirish hamda samarali kutubxona-axborot muhitini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.