Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish
Harbiy psixologlarning kasbiy salohiyati oshirilmoqda

Harbiy psixologlarning kasbiy salohiyati oshirilmoqda

29.08.2026
04:58
News Image
Bugungi kunda harbiy xizmat muhiti, harbiy xizmatchilar zimmasiga yuklanayotgan vazifalar va psixologik taʼsir omillarining murakkablashib borayotgani harbiy psixologlardan yuksak kasbiy tayyorgarlik, zamonaviy bilim, amaliy mahorat va vaziyatni tezkor baholay olish qobiliyatini yanada oshirib borishni talab etmoqda.

Shu nuqtayi nazardan, Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan harbiy psixologlarning malakasini, ularning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, harbiy qismlar va ularga tenglashtirilgan batalyonlarda faoliyat yuritayotgan harbiy psixologlarning malakasini oshirish maqsadida 320 oʻquv soatidan iborat “Klinik psixologiya” yoʻnalishi boʻyicha maxsus kurs tashkil etildi.
Mazkur oʻquv kursi davomida ishtirokchilar harbiy jamoalarda sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhitni taʼminlash, harbiy xizmatchilar bilan individual va guruhiy psixologik ishlarni samarali tashkil etish, turli murakkab vaziyatlarda psixologik yordam koʻrsatish hamda zamonaviy psixologik metod va usullarni amaliyotga joriy etish borasidagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamladilar.
Belgilangan oʻquv dasturi doirasida 20 nafardan ortiq harbiy psixolog dars mashgʻulotlarida faol ishtirok etib, oʻz kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarini yanada boyitdi. Ular nazariy bilimlarni chuqur oʻzlashtirish bilan birga, amaliy mashgʻulotlar, treninglar va turli vaziyatlarga asoslangan keyslar orqali oʻz tajribalarini oshirdilar.