Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish
Mustaqillik darsi yoshlar qalbida yuksak mas’uliyat uyg‘otdi

Mustaqillik darsi yoshlar qalbida yuksak mas’uliyat uyg‘otdi

02.09.2026
07:34
News Image

Mustaqillik darsi yoshlar qalbida yuksak mas’uliyat uyg‘otdi

Mustaqillik darsi yoshlar qalbida yuksak mas’uliyat uyg‘otdi

O‘quv yilining ilk kunida mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida “Mustaqillik darslari”ni o‘tkazish ezgu an’anaga aylangan. Bu yil ham O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutida “Mustaqillik - tarixiy orzu va buyuk ne'mat” shiori ostida mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda universitet rahbari yangi kursantlarni samimiy qutlab, ularga oliy harbiy ta’lim muassasasida sifatli ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Mamlakatimiz taraqqiyoti, avvalo, bilimli, salohiyatli va vatanparvar yoshlar qo‘lida ekani ta’kidlandi.
Dars davomida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, milliy tariximizning ibratli sahifalari hamda yoshlar tomonidan qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, bugungi kunda milliy armiyamizning zamonaviy qiyofa kasb etib, harbiy salohiyati va jangovar tayyorgarligi izchil yuksalib borayotgani qayd etildi.
Ayniqsa, Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni rahbarligida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarni zamonaviy talablar asosida tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘zining yuksak samaralarini berayotgani ta’kidlandi.
Harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy harbiy texnologiyalarni joriy etish hamda professional harbiy kadrlar tayyorlashga qaratilayotgan e’tibor milliy armiyamizning salohiyatini yanada oshirayotgani e’tirof etildi.
Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari “Yangi O‘zbekiston mustaqillikni mustahkamlash va taraqqiyot yo‘li” mavzusida ma’ruza qildi. Unda istiqlol yillarida amalga oshirilgan islohotlar, mamlakatimiz erishgan yutuqlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritildi.
Ma’ruzada yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar va tarixiy merosimizga hurmat bilan qarash, mustaqillikni asrab-avaylash hamda Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har bir fuqaroning muhim burchi ekani alohida ta’kidlandi.
Mazkur tadbir kursantlarda Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat va kelajak oldidagi mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.