Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish
Harbiy tibbiyot institutiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 28 nafar ordinatura tinglovchilariga ta’lim jarayonlari boshlandi

Harbiy tibbiyot institutiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 28 nafar ordinatura tinglovchilariga ta’lim jarayonlari boshlandi

25.09.2026
04:39
News Image

Harbiy tibbiyot institutiga 2026/27-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 28 nafar ordinatura tinglovchilari bilan epidemiologiya, gigiyena, nevrologiya, terapiya, xirurgiya, anesteziologiya va reanimatsiya hamda travmatologiya yo‘nalishlarida ta’lim jarayonlari boshlandi. O‘quv mashg‘ulotlarida asosiy e’tibor amaliy tayyorgarlikka qaratilgan bo‘lib, tinglovchilar mutaxassisliklari bo‘yicha zarur kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirmoqdalar. Mashg‘ulotlar professor-o‘qituvchilar va sohaning malakali mutaxassislari rahbarligida tashkil etilmoqda.