Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish
"Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni to'g'ri rasmiylashtirish bo'yicha seminar-trening o'tkazildi

"Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni to'g'ri rasmiylashtirish bo'yicha seminar-trening o'tkazildi

23.09.2026
06:08
News Image

Mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari-Qurolli kuchlar bosh shtab boshlig'ining 2026 yil 17 sentyabrdagi farmoni ijrosini bajarish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va Mudofaa universiteti harbiy tibbiyot institutida "bo'lajak olim" tanlovida ishtirok etish tartibi, ilmiy loyihalarni elektron platformaga sifatli 
va belgilangan tartibda joylashtirish, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni to'g'ri rasmiylashtirish hamda hujjatlarni shakillantirish bo'yicha 2026 yil 23 sentyabr kuni soat 15:00 da "ZOOM" platformasi orqali seminar-trening o'tkazildi. 
Bo'lajak olimlar o'zlarini qiziqtirgan sohalari bo'yicha rasionalizatorlik va ixtirochilik ishlanmalari bilan tanlovda qatnashish istagini bildirdilar.   
Seminarda harbiy tibbiyot instituti magistrlari, klinik ordinatorlari va interna tinglovchilari qatnashdi, bo'lajak olimlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.