O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutida tinglovchilar uchun tashkil etilgan “Taktik medik” kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
O‘quv jarayoni davomida tinglovchilar taktik zonalarda jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, hayotiy muhim funksiyalarni baholash, yurak-o‘pka reanimatsiyasini amalga oshirish, qon ketishini nazorat qilish, jarohatlarni birlamchi parvarishlash, immobilizatsiya hamda xavfsiz evakuatsiya qilishning zamonaviy algoritmlarini nazariy va amaliy jihatdan o‘zlashtirdilar.

Kurs yakunida tinglovchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va amaliy bilimlari belgilangan o‘quv talablari asosida baholandi. Muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.