Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish
HARBIY TIBBIYOT VA FALOKATLAR TIBBIYOTI YO‘NALISHIDA O‘ZARO HAMKORLIK ASOSIDA O‘QUV-TRENINGLAR TASHKIL ETILDI

HARBIY TIBBIYOT VA FALOKATLAR TIBBIYOTI YO‘NALISHIDA O‘ZARO HAMKORLIK ASOSIDA O‘QUV-TRENINGLAR TASHKIL ETILDI

13.10.2026
07:13
News Image

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti hamda Central Asian University o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida yosh tibbiyot xodimlari va talabalarning kasbiy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qator mahorat darslari (master-klasslar) va o‘quv-treninglar tashkil etildi.


Mazkur tadbirlar doirasida Central Asian University’da tahsil olayotgan 5-bosqich talabalarining barchasi qamrab olinib, ularga Military and Disaster Medicine — harbiy tibbiyot va falokatlar tibbiyoti yo‘nalishi bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati yaratildi.
Mashg‘ulotlar davomida harbiy harakatlar va favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etish, jabrlanganlarni saralash (tibbiy triage), shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish hamda turli murakkab vaziyatlarda tezkor va samarali qarorlar qabul qilish kabi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro hamkorlik asosida tashkil etilgan ushbu tadbirlar bo‘lajak shifokorlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini mustahkamlash, shuningdek, harbiy tibbiyot va falokatlar tibbiyoti sohalarida zamonaviy bilim va ilg‘or amaliy tajribalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tibbiy ta’lim sifatini oshirish hamda malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega tibbiyot kadrlarini tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.