Logo
Yuklanmoqda
Barcha yangiliklarga qaytish
“Zamonaviy jangovar harakatlarda davolash-evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman

“Zamonaviy jangovar harakatlarda davolash-evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman

27.10.2026
03:44
News Image

“Zamonaviy jangovar harakatlarda davolash-evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘g‘risida


2026-yil 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutida “Zamonaviy jangovar harakatlarda davolash-evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjumanning asosiy maqsadi zamonaviy jangovar harakatlar sharoitida harbiy tibbiy yordamni tashkil etish, yaradorlarni davolash va evakuatsiya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilish, shuningdek, harbiy xizmatchilar salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ilmiy-amaliy tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.
Anjuman dasturidan davolash-evakuatsiya tadbirlarini tashkil etish, jangovar sharoitda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, harbiy xizmatchilarda kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika qilish, zamonaviy diagnostika hamda davolash usullariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar o‘rin oldi.
Tadbirda harbiy tibbiyot sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etib, sohaning dolzarb muammolari yuzasidan fikr va tajriba almashdilar.