Harbiy tibbiyot sohasida ilmiy-tadqiqot imkoniyatlari yanada kengaymoqda!
Harbiy tibbiyot sohasida ilmiy-tadqiqot imkoniyatlari yanada kengaymoqda!

Harbiy tibbiyot instituti qoshida zamonaviy eksperimental laboratoriyali vivariy ishga tushirildi.
Mazkur ilmiy majmuada eksperimental tibbiyot, harbiy-travmatologiya, jarrohlik, dori vositalari va tibbiy texnologiyalarni baholash, shuningdek, kasalliklarning oldini olish, tashxislash, davolash va reabilitatsiya usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy yondashuv va tajribali mutaxassislar uyg‘unligi — harbiy tibbiyotda yangi ilmiy yechimlar sari muhim qadamdir.
Eksperimental vivariy — ilm, innovatsiya va amaliyot uyg‘unlashgan yangi ilmiy maydon!