Ochiq eshiklar kuni
03.03.2026
11:07
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy Tibbiyot institutida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbir doirasida Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-kurs talabalari mehmon bo‘lib, institutning kursantlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv xonalari, simulyatsiya markazi hamda yashash sharoitlari bilan tanishdilar.
Tashrif davomida ularga harbiy tibbiyot sohasidagi imkoniyatlar, o‘quv jarayoni va institutdagi qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.